Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

21-oktabr 16:03
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

2024-yil 18-oktabr kuni Toshkent shahridagi 5-maktabda “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti masʼullari hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tanlov natijalari:

  • 1-o‘rin: “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplom va 20 mln so‘m pul mukofoti.
  • 2-o‘rin: II darajali diplom va monoblok.
  • 3-o‘rin: III darajali diplom va noutbuk.

Bundan tashqari, tanlov ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlandi. O‘zbek tili fani yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar quyidagilar:

  • 1-o‘rin: Nasiba Kubayeva, Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi 60-maktab o‘qituvchisi.
  • 2-o‘rin: Sarvinoz Doniyorova, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 13-maktab o‘qituvchisi.
  • 3-o‘rin: Iroda Yo‘ldosheva, Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 15-maktab o‘qituvchisi.

Ona tili fani yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: Baxodir Jo‘rayev, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 19-IDUM o‘qituvchisi.
  • 2-o‘rin: O‘g‘iloy Abduraimova, Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 29-maktab o‘qituvchisi.
  • 3-o‘rin: Iqboloy Yusupova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 40-maktab o‘qituvchisi.