Yotoqxona to‘lovida qanday talabalarga imtiyoz berilishi mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
👉umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.