Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi. Qabul 1-avgustdan boshlanadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari e’lon qilindi
2021/2022 o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.
✅ Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlarga jami 3180 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi ta’lim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta o‘rin ajratilgan.
✅ Qabulning hudud va ta’lim tili kesimidagi parametrlari bilan rasmdagi jadvallarda tanishish mumkin.
✅ Yuridik texnikumlarga hujjatlarini qabul qilish 2021-yil 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, texnikumlarga umumta’lim maktabining 11-sinfini yoki o‘rta maxsus (akademik litsey), kasb-hunar ta’lim muassasasi (kollej)ni tamomlagan fuqarolar hujjat topshirishlari mumkin.