Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar beriladi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni hamda Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393 - qaroriga asosan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinishlari belgilangan. Bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi.