Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Google: Raqamli Marketing bo‘yicha bepul onlayn kurs va bepul sertifikat olish imkoniyati

19.03.2021 03:46
Google: Raqamli Marketing bo‘yicha bepul onlayn kurs va bepul sertifikat olish imkoniyati

Kurs haqida qisqacha:

Google hozirda Google Digital Garage onlayn paltformasidagi eng yaxshi onlayn kurslardan biri bo‘lgan bepul raqamli marketing kursida o‘qish imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu barcha uchun Google kompaniyasi onlayn kursi raqamli marketing asoslari sertifikatiga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kurs kimlar uchun:

Kurs onlayn o‘rganishga imkoniyati bo‘lgan hamma davlat fuqarolari uchun. Ushbu kurs orqali hozirgi epidemik vaziyatda o‘z uyingizdan turib dunyoning eng yetakchi kompaniyasi ko‘magida onlayn ta’lim olishingiz mumkin.

Onlayn kurs tafsiloti:

  • Modullar: 26 ta
  • Davomiyligi: 40 soat
  • Darajasi: Boshlang‘ich (Beginner)
  • Narxi: Bepul

Raqamli marketing kursining afzalliklari:

  • Xarajatlarsiz;
  • Barchaga ochiq;
  • Google tomonidan haqiqiy raqamli marketing sertifikatining taqdim etilishi;
  • Ko‘krak nishoni - bu modulni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng onlayn taqdim etiladi;

Google Digital Garage sertifikatini qanday olishim mumkin?

Siz oxirgi testdan o‘tganingizdan so‘ng raqamli marketing sertifikatining PDF nusxasini Raqamli marketing asoslari kursidan yuklab olishingiz mumkin.

Kurs uchun hoziroq bu yerda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda