Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Germaniya: GISMA Business School MBA dasturida o‘qish uchun 11 500 yevrolik grant dasturi

18-aprel 16:36
Germaniya: GISMA Business School MBA dasturida o‘qish uchun 11 500 yevrolik grant dasturi

Muddati:

31.05.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.gisma.com

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant borasida qisqacha:

GISMA (German International Graduate School of Management and Administration) biznes sohasi uchun ixtisoslashtirilgan Hannover va Berlinda joylashgan xususiy ta’lim muassasasidir. Universitet 1999 yilda kompaniyalar va Quyi Saksoniya shtati hukumati tashabbusi bilan tashkil etilgan. Universitetga Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder bilan birgalikda asos solingan.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Future Leaders Scholarships for International Students grant dasturi xalqaro talabalarning universitet MBA (magistratura) dasturida ta’lim olish moliyaviy ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.

Grant tafsilotlari:

  • Universitet yoki tashkilot: GISMA Business School;
  • Kurs darajasi: Magistratura;
  • Grant miqdori: o‘quv to‘lovlarining 50% (11 500 yevrogacha)
  • Ariza berish tartibi: Onlayn

Zaruriy hujjatlar:

  • Pasport hajmidagi fotosurat;
  • Pasport nusxasi;
  • Til sertifikati - TOEFL – 77/IELTS – 6.5 yoki Cambridge English – B2;
  • Motivatsion xat;
  • Bakalavr diplomi;
  • Rezyume;
  • Ish tajribasi (ixtiyoriy);
  • Boshqa tegishli sertifikatlar/transkriptlarning tasdiqlangan nusxalari.

Ariza berish tartibi:

Nomzodlar maktab tomonidan taqdim etilgan protsedura va ko‘rsatmalarga muvofiq onlayn tarzda ariza topshirishlari shart. Dastlab bu yerdan MBA magistratura dasturini tanlang va u uchun onlayn ariza topshiring. O‘qishga qabul qilingach, grant dasturi uchun bu yerdan onlayn ariza to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

Eslatma: Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2021-yil 31-may sanasigacha davom etadi!

Batafsil bu yerda