Nega magistratura sirtqi ta’lim shaklida o‘qitilmaydi?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
«Magistratura ta’limi tor mutaxassislik bo‘lgani sababli bu bosqichda talabalar tor yo‘nalishda tayyorlanadi. Bugungi kunda magistratura bosqichi o‘quv rejasidagi yuklama hajmiga e’tibor beradigan bo‘lsak, uning 35-40 foizi bevosita auditoriyada o‘tkaziladigan mashg‘ulot turlari hisoblanadi. Qolgan 60-65 foizi esa ilmiy faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq o‘quv yuklamasi sanaladi»,
Qayd etilishicha, bu tartib talabadan o‘zining ilmiy rahbari bilan bevosita ishlashni, ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirishni talab etadi. Bu esa talabaning o‘quv muassasasida bo‘lishini taqozo etadigan jarayondir. Magistratura bosqichi uchun sirtqi ta’lim keyinchalik tajribalarni o‘rganib, ko‘rib chiqilishi mumkin. Lekin hozirda bizda magistraturani sirtqi o‘qishning iloji yo‘q.