Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

05-iyul 17:56
1541
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

Hukumatning ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizom 2-bandiga uchinchi xatboshi qo‘shiladi.

Unga ko‘ra, mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun harbiy oliy ta’lim muassasalariga kursantlarning bakalavriatga qabul qilishning umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.

Shuningdek, harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining) farzandlari qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.

Ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek ikki foizli kvota chegarasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 3-bandi yettinchi xatboshi yangi tahrirda bayon etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maxsus unvonga ega bo‘lgan xizmatdagi ofitserlar, serjantlar va safdorlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maxsus unvonga ega bo‘lgan xizmatdagi ofitserlar, serjantlar va safdorlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maxsus unvonga ega bo‘lgan xizmatdagi ofitserlar, serjantlar va safdorlar tarkibi farzandlari uchun ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) qabul kvotalariga talabalikka qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarning test sinovlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarori 1-ilovasi 2-bandiga yangi mazmundagi xatboshi qo‘shiladi.

Unga ko‘ra, mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun Akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilishning umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.

Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralari harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan (besh va ikki foizli) qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.