Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Guliston davlat pedagogika instituti kirish ballari 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

Qarorning 13-bandi beshinchi xatboshisida 2022/2023 o‘quv yilida Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlashi belgilab qo‘yilgan.

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan talabalar 2022/2023 o‘quv yilida o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlaydi:

Bakalavriatura (kunduzgi):

  • 🔸 60110100 - Pedagogika
  • 🔸 60110200 - Maktabgacha ta’lim
  • 🔸 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
  • 🔸 60110600 - Matematika va informatika
  • 🔸 60110700 - Fizika va astronomiya
  • 🔸 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
  • 🔸 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 🔸 60111300 - Musiqa ta’limi
  • 🔸 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
  • 🔸 60111500 - Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
  • 🔸 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
  • 🔸 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • 🔸 60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 🔸 60112200 - Jismoniy madaniyat
  • 🔸 60112200 - shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha
  • 🔸 60112300 - Texnologik ta’lim

Bakalavriatura (sirtqi):

  • 🔸 60110600 - Matematika va informatika
  • 🔸 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 🔸 60110100 - Pedagogika va psixologiya
  • 🔸 60111300 - Musiqa ta’limi
  • 🔸 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
  • 🔸 60110200 - Maktabgacha ta’lim
  • 🔸 60112200 - Jismoniy madaniyat
  • 🔸 60112300 - Texnologik ta’lim
  • 🔸 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Magistratura:

  • 🔸 70110102 - Pedagogika va psixologiya
  • 🔸 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  • 🔸 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  • 🔸 70110602 - Ta’limda axborot texnologiyalari
  • 🔸 70111001 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
  • 🔸 70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • 🔸 70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
  • 🔸 70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)

Fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari

Rasmiy saytda institutda 4 ta fakultet faoliyat yuritishi ko‘rsatilgan.

  • Pedagogika fakulteti;
  • Aniq va tabiiy fanlar fakulteti;
  • Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti;
  • Tillarni o‘qitish fakulteti;

Fakultetlar tarkibida jami 11 ta kafedra mavjud (mos ravishda 3, 2, 4 va 2 ta), saytda 33 ta ta’lim yo‘nalishi e’lon qilingan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Guliston davlat pedagogika instituti kirish ballari 2023-2024 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Biologiya 60110900 / Biologiya / Kimyo 25 10 15 125.8 118.1
Boshlang‘ich ta’lim 60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 50 15 35 131.3 111.2
Fizika va astronomiya 60110700 / Fizika / Matematika 25 10 15 92.5 69.8
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 / Geografiya / Matematika 50 15 35 93.5 69.7
Jismoniy madaniyat 60112200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 75 10 65 150.3 129.9
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) 60112201 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 25 10 15 102 69.4
Kimyo 60110800 / Kimyo / Matematika 25 10 15 76.5 68.1
Maktabgacha ta’lim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 50 15 35 107.1 83.3
Matematika va informatika 60110600 / Matematika / Fizika 50 10 40 125.9 91.5
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60112100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 25 10 15 143.6 100.9
Musiqa ta'limi 60111300 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 25 10 15 105.5 66.2
O‘zbek tili va adabiyoti 60111400 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 25 10 15 137.2 118.7
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 50 15 35 124.9 92.4
Tarix 60111100 / Tarix / Geografiya 50 10 40 145.6 113.5
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 25 10 15 139.9 114.4
Texnologik ta’lim 60112300 / Fizika / Matematika 50 10 40 76.9 65
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60111802 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 75 15 60 165.4 131