Qarshi xalqaro tibbiyot va stomatologiya oliy maktabi (Karshi International School of Medicine and Dentistry) — Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahrida, Qarshi davlat universiteti tarkibida faoliyat yuritadigan tibbiyot ta’limi muassasasi. Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi PQ-96-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari
2026/2027 o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat yo‘nalishlariga qabul e’lon qilingan:
- 60910100 — Stomatologiya (o‘qish muddati 5 yil);
- 60910200 — Davolash ishi (o‘qish muddati 6 yil);
- 60910300 — Pediatriya ishi (o‘qish muddati 6 yil).
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 30 tadan o‘rin ajratilgan: 15 tasi o‘zbek tilida, 15 tasi rus tilida o‘qitiladi. Ta’lim to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Qabul tartibi
Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishini my.uzbmb.uz platformasi orqali tanlaydi. Oliy maktab Qarshi davlat universiteti tarkibida bo‘lgani uchun qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar universitet saytida e’lon qilinadi. Yo‘nalishlar bo‘yicha 2026-yil kirish ballari sahifadagi jadvalda keltirilgan.