16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport ) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Bu hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib boʻlmaydi.
OTMga hujjat topshirishda faqat ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli.
Avvalroq Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari (6%) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmaganini, tezroq ID karta olish zarurligini eslatgandi.
Ma’lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.