Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya olish imkoniyati!

19.04.2022 21:17
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya olish imkoniyati!

Muddati:

29.04.2022

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

docs.google.com

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy Ma’lumotlar:

JACAFA Foundation (Japan Central Asia Friends and Associates Foundation) & The Nippon Foundation: Ushbu dastur bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya olish imkoniyatini taqdim etuvchi grant dasturi bo‘lib deyarli barcha sohada (ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, moliya, menejment, kompyuter muhandisligi va kompyuter fanlari) ta’lim oluvchi 2-kurs talabalari topshirishi mumkin. Ushbu dastur nomzodlarga 2 yil davomida (2022-yil oktabrdan 2024-yil iyunga qadar amal qiladi)

Manfaatli jihatlari:

  • 2 yilgacha 100 yevro oylik stipendiya(2022-yil oktabrdan 2024-yil iyunga qadar amal qiladi);
  • Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni bepul qatnashish imkoniyati ega bo‘lishadi;
  • Kichik loyihalar uchun 10 000 dollargacha gran yutish imkoniyati taqdim etiladi;
  • Dastur yakunida nomzodlar JACAFA JAPAN Visit Programga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Qirg‘iziston ,O‘zbekiston, Tojikistom Qozog‘iston yoki Ozarbayjon fuqarosi bo‘lishi lozim;
  • Baholari ko‘rsatkichi o‘rtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 bo‘lishi. O‘zbekistonning mahalliy univeristetlarida bu ko‘rsatkich 100 ballik tizimda 75 ball, 5 ballik tizimda 3,75 ballga teng;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi va shuningdek IELTS, TOEFL, TOEIC (CEFR ham qabul qilinadi) sertifikati yoki universitetda ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni tamomlaganlik tajribasiga ega bo‘lishi lozim;
  • Yoshi stipendiya berila boshlaydigan vaqtda (2022-yil oktabr) 23 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak;
  • 2022-yilning yozida 2-kursni bitiradigan talabalar ushbu dasturga ariza topshira oladi;
  • Nomzod ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, moliya, menejment, kompyuter muhandisligi va kompyuter fanlari sohalaridan birida kunduzni ta’limda (full-time) tahsil olayotgan bo‘lishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • USHBU manzil orqali kerakli onlayn ariza shaklini to‘ldirishingiz so‘raladi;
  • Passport yoki ID kartasining nusxasi;
  • Ayni vaqtdagi universitet baholarini tasdiqlovchi hujjat (transcript);
  • Univeristetdagi o‘qituvchilardan kamida 2 ta tavsiyanoma;
  • Insho yozish talab etiladi (ushbu inshoda siz o‘zingizni asli qanday inson ekanligingiz to‘g‘risida, ta’lim va ijtimoiy hayotda erishgan eng katta yuqutlaringiz, tajriba va ko‘nikmalaringiz, shuningdek hayotingizda sizga eng katta ta’sir o‘tkazgan, yordam bergan insonlar hamda ayni vaqtda tahsil olayotgan sohangizni nima uchun tanlaganingizni ko‘rsatib berishingiz kerak);

Eslatma: onlayn arizani to‘ldirib bo‘lib qolgan barcha hujjatlarni elektron shaklda jacafakg@gmail.com ushbu manzilga yuborishingiz zarur. Keyingi bosqichga o‘tgan nomzodlarga email orqali keyingi bosqichlar haqida ma’lumotlar beriladi. Batafsil ma’lumotlar yuzasidan ushbu manzilga murojaat etishingiz mumkin

Oxirgi muddat: 18:00, Aprel 29, 2022.