2023-yilgi qabul kvotalari tasdiqlandi
17.06.2023 17:24

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILPrezidentning tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Qabu kvotalari bilan to‘liq tanishish
Unga ko‘ra:
- bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan:
- umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida;
- hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti 20-iyunga qadar tasdiqlanib, e’lon qilinadi.
Shuningdek, davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar esa:
- tizimida OTMlar bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda;
- moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Ma’lumot uchun: OTMlarga qabul 20-iyundan boshlanadi
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Har 2 ta abituriyentdan bittasi talaba bo‘ladi
31-iyul 01:28
Endi kvota OTMga taqsimlanmaydi. bu nima degani?
29-may 17:29