Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari jadvali

23-iyul 12:09
2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari jadvali

2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26-iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bunda:

  • 1-smena — 09:00 da boshlanadi
  • 2-smena — 15:00 da boshlanadi

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i beriladi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Bu yangi imkoniyat orqali ota-onalar va keng jamoatchilik test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlashda faol ishtirok etishlari mumkin. Test sinovlarini onlayn kuzatish orqali jarayonning shaffofligini oshirishga qaratilgan bu chora talabgorlar va ularning oilalari uchun katta qulaylik yaratadi.