2024-yilda 35,9 ming O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun chet elga ketdi
2024-yilda 35,9 ming o‘zbekistonlik xorijiy universitetlarga o‘qish uchun ketdi. Eng ko‘p talabalar Tojikiston, Rossiya va Qirg‘izistonni tanlagan. Batafsil ma’lumot maqolada!

O‘zbekiston fuqarolari orasida chet elda ta’lim olish tendensiyasi ortib bormoqda. 2024-yil davomida 35,9 ming nafar o‘zbekistonlik yosh xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun jo‘nab ketdi.
Eng ko‘p qaysi davlatlar tanlangan?
Rasmiy statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar quyidagi davlatlarni afzal ko‘rgan:
- Tojikiston – 12,8 ming nafar
- Rossiya Federatsiyasi – 8,6 ming nafar
- Qirg‘iz Respublikasi – 4 ming nafar
- Turkiya – 2,7 ming nafar
- Koreya Respublikasi – 2,1 ming nafar
- Qozog‘iston – 1,6 ming nafar
- Buyuk Britaniya – 792 nafar
- Xitoy – 767 nafar
- AQSh – 576 nafar
- Birlashgan Arab Amirliklari – 390 nafar
Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 1,6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba sifatida ketgan.





