Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024/2025-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

12-iyul 09:33
2024/2025-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim uchun qabul tartibi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Nomzodlar platformada quyidagi ma’lumotlarni kiritadilar:

  • Oʻzining pasport maʼlumotlari va JSHSHIR maʼlumoti
  • Diplom va uning ilovasining elektron nusxasi
  • Oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlash

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi (manba).