Abituriyent

2025-yil imtihon darsliklari e’lon qilindi! Qaysi mavzular muhim?

2025-yil imtihon savollari qaysi darsliklardan keladi? Bilimni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari haqida batafsil ma’lumotni bilib oling!

4 808 ko'rish

Yangilangan:

2025-yil imtihon darsliklari e’lon qilindi! Qaysi mavzular muhim?

2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlarining asosiy o‘quv dasturlari e’lon qilindi. Test savollari Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti uzbmb.uz (https://uzbmb.uz/page/o_dasturlar) orqali taqdim etilgan.

E’lon qilingan o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, imtihonlar davlat ta’lim standartlari asosida o‘tkaziladi.

2025_2026_o‘quv_yili_qabuli_uchun_test_topshiriqlari_shakllantiriladigan.rar

Muhim e’tibor qaratish kerak:

  • Test savollari umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘tiladigan fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtirilgan bo‘ladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga muvofiq, test savollarining mazmuni davlat ta’lim standartlariga to‘liq mos keladi.

Talabalar va abituriyentlar uchun rasmiy manba orqali o‘quv dasturlar bilan tanishish va shu asosida tayyorgarlik ko‘rish muhim.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish