2025-yilgi qabul jarayoni yaqinlashmoqda: bosqichlar bilan tanishing

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanganiga sanoqli kunlar qoldi. Amaldagi tartibga ko‘ra, hujjatlar ikki bosqichda qabul qilinadi va qabul jarayoni 5-iyundan boshlanishi kutilmoqda.
1-bosqich: Fan tanlash
Abituriyentlar birinchi navbatda:
-
O‘qishni istagan OTMga kirish uchun imtihon topshiriladigan fanlarni tanlaydi;
-
Bu bosqich 5-iyun – 25-iyun oralig‘ida amalga oshiriladi (shu kuni ham).
Eslatma: Bu bosqichda abituriyent hali qaysi OTM, yo‘nalish yoki ta’lim shaklini tanlamaydi — faqat test topshiriladigan fanlar belgilanadi.
2-bosqich: Yo‘nalish va OTM tanlash
-
Kirish test sinovlari yakunlangach, 15 kun ichida abituriyentlar:
-
OTM nomi
-
Ta’lim yo‘nalishi
-
Ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki)ni tanlaydi.
-
Bu bosqich yakunida abituriyentlar asosiy tanlovni amalga oshiradi.
Kollej va texnikumlar uchun qanday?
Kollej yoki texnikumda o‘qishni istagan abituriyentlar:
-
OTMga qabul yakuniy natijasi e’lon qilingandan so‘ng,
-
10 kun ichida kasb/mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlaydi.