Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025-yilgi qabuldagi asosiy yangiliklar!

Bugun, 17:01
2025-yilgi qabuldagi asosiy yangiliklar!

Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar

🚩 Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

Javob: 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlarida (davlat va nodavlat) sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi.

🚩 Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarning taqdiri nima bo‘ladi?

Javob: Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar o‘z o‘qishlarini amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🚩 Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinadi?

Javob: Sirtqi ta’lim o‘rniga quyidagi muqobil ta’lim shakllari uchun qabul kvotalari oshiriladi:

  • kechki ta’lim

  • masofaviy ta’lim

  • maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim

🚩 Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

Javob: Muqobil ta’lim shakllariga ajratiladigan umumiy qabul kvotalari kunduzgi ta’lim natijalarining 50 %idan oshmaydi.

❓ Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan joriy etiladi?

Javob: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida o‘qish imkonini beradi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng joriy etiladi.

📌 Xulosa

2025-yil 5-maydagi Prezident farmoniga ko‘ra, sirtqi ta’lim shakli to‘xtatiladi va uning o‘rniga zamonaviy, qulay va samarali muqobil ta’lim shakllari joriy qilinadi. Bu esa ish bilan band aholi uchun ham sifatli ta’lim olish imkonini yaratadi.