2025/2026 yildan sertifikatsiz abituriyentlar ayrim yo‘nalishlarga kira olmaydi

Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
2025/2026 yildan sertifikatsiz abituriyentlar ayrim yo‘nalishlarga kira olmaydi
Kelasi o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.
Bu nimani anglatadi?
📌 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) sifatida belgilangan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishga faqat tegishli til sertifikatiga ega abituriyentlargina hujjat topshira oladi.
Kimlar uchun muhim?
✔ Xorijiy filologiya va tarjima yo‘nalishlariga topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar
✔ Chet tili birinchi fan bo‘lgan pedagogika yo‘nalishlari
✔ Xalqaro munosabatlar, xalqaro biznes va turizm sohalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar
Qaysi sertifikat talab etiladi?
Abituriyentlar milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bu CEFR (B2 yoki undan yuqori daraja), IELTS, TOEFL yoki boshqa ekvivalent sertifikatlar bo‘lishi mumkin.
Kelasi yili test topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar hoziroq sertifikat olish uchun tayyorgarlikni boshlashi kerak!