Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Bugun, 14:35
2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

2026/2027-o‘quv yili bakalavriat qabuli: test fanlari, savollar soni va baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ning tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Mazkur mezonlar o‘tgan yilgi qabul tizimi bilan bir xil bo‘lib qolmoqda.

Unga ko‘ra, abituriyentlar test sinovlarida majburiy fanlar hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishiga mos fanlar bo‘yicha imtihon topshiradilar.

Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlari

Barcha abituriyentlar uchun 3 ta majburiy fan belgilangan. Ushbu fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash tartibi quyidagicha:

Ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi

  • Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq) – 10 ta savol

  • Matematika – 10 ta savol

  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol

Har bir savol 1,1 balldan baholanadi.

Natija:

  • Jami savollar soni – 30 ta

  • Maksimal ball – 33 ball

Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar

Abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qarab yana 2 ta fan bo‘yicha test topshiradi.

1-fan

  • Savollar soni – 30 ta

  • Har bir savol – 3,1 ball

  • Maksimal ball – 93 ball

2-fan

  • Savollar soni – 30 ta

  • Har bir savol – 2,1 ball

  • Maksimal ball – 63 ball

Natija:

  • Jami savollar soni – 60 ta

  • Maksimal ball – 156 ball

Umumiy test savollari va maksimal ball

2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlar uchun jami 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.

Umumiy hisob

  • Majburiy fanlar – 30 ta savol

  • Yo‘nalish fanlari – 60 ta savol

  • Jami savollar – 90 ta

Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 189 ball.

‼️Eslatma o‘rnida

👉 Fanlar majmuasi bu yerda

👉 Javoblar varaqasi bu yerda

Xulosa

2026/2027-o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun test sinovlari o‘tgan yilgi baholash mezonlari asosida tashkil etiladi. Abituriyentlar 3 ta majburiy fan va 2 ta yo‘nalish fanidan test topshiradilar. Umumiy hisobda 90 ta savol berilib, maksimal 189 ball to‘plash imkoniyati mavjud. Ushbu tizim abituriyentlarning bilimini har tomonlama baholashga qaratilgan.