302 nafar abituriyent Prezident granti uchun da’vogarlik qiladi. Bu yil oʻtish bali — 186.8 ballni tashkil qildi
21.08.2023 11:04
Gap shundaki, qarorga ko‘ra OTMga kirish imtihonlarida respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
mandat.uzbmb.uz saytidagi ma’lumotlarga asosan 198-oʻrindan 302-oʻringacha abituriyentlar bir xil 186,8 ball toʻplashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga daʼvogarlik qilishadi.
Endi ular garchi kontraktga kirsa ham, davlat granti asosida oʻqishadi.
Maʼlumot uchun, ushbu 302 nafar da’vogar Prezident stipendiyasiga teng miqdorda $200 gacha stipendiya olishi mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ertaga OTM va yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
07-avgust 20:19
OTMga kirish qanchalik qiyin? Statistikalar nimani ko‘rsatmoqda?
04-avgust 23:11