56,7 balldan kam to‘plaganlar uchun talabalikka qabul qilinmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024-yilgi qabul jarayonida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun minimal o‘tish ballari belgilandi. Ajratilgan kvota o‘rinlariga balli yetsa ham, 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar talaba bo‘lmaydi.
Minimal o‘tish ballari:
- Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali: 68,0 ball. Bu maksimal 189 ballning 36 %ini tashkil etadi.
- To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali: 56,7 ball. Bu maksimal 189 ballning 30 %ini tashkil etadi.
Bu mezonlar talabalikka qabul qilish jarayonida abituriyentlarning minimal talablarini aniqlab beradi. Shuning uchun, abituriyentlar o‘z ballarini tekshirib, talabalikka qabul qilinish imkoniyatlarini baholashlari lozim.