Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

65 mingdan ortiq abituriyent testga kelmadi, 94 nafari testdan chetlashtirildi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
65 mingdan ortiq abituriyent testga kelmadi, 94 nafari testdan chetlashtirildi

Joriy yilda 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan – Bilimni baholash agentligi

Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgani haqida ma’lumot berildi. Shundan 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Samarqand — 87 570
  • Qashqadaryo — 84 874
  • Fargʻona — 73 146
  • Andijon — 59 951
  • Surxondaryo — 57 199
  • Toshkent viloyati — 56 188
  • Qoraqalpogʻiston — 51 502
  • Namangan — 46 480
  • Jizzax — 43 232
  • Xorazm — 41 854
  • Toshkent shahri — 39 518
  • Buxoro — 38 084
  • Navoiy — 32 725
  • Sirdaryo — 25 028