826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi

2025-yil test natijalari: Maksimal ball to‘plaganlar soni rekord darajada!
Yil sayin test natijalari oshib borayotganini kuzatish mumkin. Ammo bu yilgi ko‘rsatkich shubhasiz, rekord bo‘ldi. Hatto ilgari “bunker davrlari” deb atalmish paytlarda ham bunchalik ko‘p abituriyent maksimal ball to‘plamagan. Bu, albatta, yoshlarimizning ilmga bo‘lgan ishtiyoqidan dalolat.
Maksimal ballga nima sabab bo‘ldi?
Bugungi kunda maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning ham hissasi katta. Lekin unutmang — sertifikat shunchaki rasmiy hujjat emas, u bilimning timsolidir. Ya’ni abituriyent bu sertifikatni o‘z bilimiga asoslanib olgan.
Fanlar kesimida maksimal ball to‘plaganlar soni
Biologiya + kimyo fanlari majmuasi (259 nafar)
-
O‘zbek tili: 227 nafar
-
Rus tili: 18 nafar
-
Qoraqalpoq tili: 14 nafar
Ingliz tili + ona tili va adabiyoti (234 nafar)
-
O‘zbek tili: 227 nafar
-
Rus tili: 4 nafar
-
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
Tarix + chet tili (146 nafar)
-
O‘zbek tili: 145 nafar
-
Rus tili: 1 nafar
Matematika + chet tili (139 nafar)
-
O‘zbek tili: 133 nafar
-
Rus tili: 4 nafar
-
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
Davlat va huquq asoslari + chet tili (26 nafar)
-
O‘zbek tili: 22 nafar
-
Rus tili: 3 nafar
-
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
Ona tili va adabiyot + chet tili (16 nafar)
-
O‘zbek tili: 9 nafar
-
Rus tili: 4 nafar
-
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
Matematika + fizika (5 nafar)
-
O‘zbek tili: 5 nafar
Fizika + matematika (1 nafar)
-
O‘zbek tili: 1 nafar
📌 Izoh: Temurbeklar maktabi bitiruvchilari ro‘yxatga kiritilmagan, ular uchun alohida kvota ajratilgan.
Xulosa
2025-yilgi test natijalari yoshlarimizning bilimga bo‘lgan chanqoqligi va mehnatsevarligidan dalolat bermoqda. Bu yutuqlarda individual tayyorgarlik, sertifikatlar, hamda ustozlar yordami katta rol o‘ynagan. Umid qilamizki, bu kabi ijobiy statistikalar har yili yangilanib boradi va bilimli avlodlar safi yanada kengayadi.