Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Ro‘mol mumkinmi?
Imtihon uchun belgilangan forma yo‘q. Abituriyentlar qulay kiyimda kelishi mumkin, qizlar ro‘molda borishiga cheklovlar yo‘q.

Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o‘ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin.
Masalan, imtihonga qizlar ro‘molda borishiga ham hech qanday to‘siq yoki cheklovlar mavjud emas. Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro‘mol bilan imtihonda qatnashishgan.





