Abituriyent ukamga maslahatlar!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
1. Avvalo himmatni katta qil. Maqsadni katta qoʻy, qoʻrqma! Shunga yarasha harakat qil maqsad bilan yasha!
2. Atrofingni maqsadi va harakati senga oʻxshaganlar bilan toʻldir.
3. Qaysi universitetga topshirish boʻyicha ota-onang, ustoz va doʻstlaring bilan maslahatlash lekin yakuniy qarorni oʻzing qabul qil. Masʼuliyatni oʻzingga ol.
4. Osilsang baland dorga osil jasadingni hamma koʻrsin! (Oʻz qiziqishing yoʻnalishidagi eng zoʻr universitetga topshir)
5. Sen bilan birga tayyorlanayotgan Gulchehrani unut! Eʼtiboringni oʻqishga qarat. Baribir u sen pul topib sovchi joʻnatguningcha Eshmatga tegib ketadi. (Yoki oʻqishga kira olmasang tashlab ketadi)
6. Har doim eng zoʻrlarga raqobat qil, ular uxlamasa sen ham uxlama, ular ovqat yemasa sen ham yema, ular mehnat qilganda hech qachon dam olma.
7. Yoʻl-yoʻlakay magʻlubiyatlarga eʼtibor berma. Ular seni kuchliroq qiladi. Yiqilgandan keyin turishni oʻrgan.
8. Ijtimoiy tarmoqlarni, toʻy-tomosha va tugʻilgan kunlarni unut ular sen uchun emas.
9. Vaqtdan yutqizishdan qoʻrqib eng oddiysi ham boʻlaveradi talqinida ish koʻrma! Maqsading oliymi undan koʻra yiqilib yana tayyorlan keyingi yil albatta kirasan ishon!
10. Ibodatlarni student boʻlsam soʻng boshlayman dema! Bu dangasa va bahonachilarning gapi! Bu seni robbing bilan yaqinroq qiladi.
11. Imkoning boʻlsa Chet elda oʻqi yoki Oʻzbekistondagi chet el universitetlarida oʻqi. Agar oʻqish va oʻqimaslik yoʻli tursa mahalliy universitetlarda oʻqisang ham boʻladi (kamida hayotni oʻrganasan).
12. Yaxshilab fikr yurit sen tanlagan soha uchun 4 yil universitet kerakmi?! Agar zamonaviy kasblar boʻlsa ( IT, SMM va hk) unga 4 yil umr shartmas borib 6 oyda oʻrgan va ishlayver.
13. Ota-onang va ustozlar duosini ol.