Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentda telefon raqam bilan muammo bo‘lsa,nima qilish kerak?

27.06.2023 17:06
Abituriyentda telefon raqam bilan muammo bo‘lsa,nima qilish kerak?

OTMga hujjat topshirishda abituriyentda 2 xil vaziyatda telefon raqam bilan muammo bo‘lishi mumkin.

1-vaziyatda:

Qabul boshlanguncha my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.

2-vaziyatda:

Qabul boshlangandan, ya’ni 20-iyundan keyin ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotib qo‘ygan abituriyent uni o‘zi o‘zgartira olmaydi. Bunday holatda u Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi kerak. Agentlik xodimi abituriyentga telefon raqamini o‘zgartirib beradi.

📍Agentlikning hududiy bo‘limlari manzillari