Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentga milliy sertifikat olishning nima foydasi bor?

16-may 12:47
Abituriyentga milliy sertifikat olishning nima foydasi bor?

✅ Siz quyidagi fanlardan milliy sertifikatni olib, oliy o‘quv yurtlari uchun bo‘ladigan imtihondagi balingizni naqt qilib olishingiz mumkin

- Matematika

- Biologiya

- Kimyo,

- Fizika

- Ona tili va adabiyot

- Tarix

- Geografiya

❌ Eslatib o‘tamiz: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo‘q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo‘shilishi mumkin.

Masalan, tibbiyot universitetiga topshirayotgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos.

Yoki bo‘lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo‘lgan pedagogika yo‘nalishiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo‘lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo‘yadi.

Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok testlarini ishlaydi xolos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo‘yishi mumkin.