Abituriyentlar diqqatiga! Test sinovi joylari bilan tanishish vaqti belgilandi
12-iyul kuni abituriyentlar test sinovi joylari bilan tanishishlari mumkin. Belgilangan vaqt oralig‘ida ruxsatnomadagi manzilga kelish tavsiya etiladi.

Test sinovi joylari bilan tanishish
Bugun, 12-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 15:00 gacha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.





