Abituriyentlar uchun: mutaxassislik fanlarida savollar qanday taqsimlanadi?

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILOliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fan bloki testlari aniq foizlarda mavzular bo‘yicha taqsimlanadi. Bu ma’lumot abituriyentlar uchun tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘naltirish va strategik rejalashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha taqsimot:
1. Ona tili va adabiyot
-
Ona tili — 60%
-
Adabiyot — 40%
2. Matematika
-
Sonlar va ular ustida amallar — 25%
-
Funksiya va algebraik ifodalar — 35%
-
Hosila, integral va ularning tadbiqlari — 10%
-
Geometriya — 30%
3. Tarix
-
Siyosiy tarix — 50-60%
-
Ijtimoiy-iqtisodiy tarix — 10-20%
-
Madaniy hayot — 10-15%
-
Amaliy topshiriqlar — 20-25%
4. Fizika
-
Mexanika — 35%
-
Molekulyar fizika va termodinamika — 25%
-
Elektromagnitizm — 30%
-
Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) — 10%
Nima uchun bu taqsimot muhim?
Bu taqsimot abituriyentlarga:
-
Tayyorgarlik yo‘nalishini aniq belgilash,
-
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,
-
Testlarda yuqori natijaga erishish imkonini beradi.
Masalan, matematika fanida funksiya va algebraik ifodalar 35% ulushga ega bo‘lsa, unga alohida e’tibor qaratish muhim bo‘ladi.