Abituriyentlar uchun qurilayotgan ming kishilik bino
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun 1 000 oʻrinli yangi bino qurilmoqda
Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ayni kunlarda Surxondaryoda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida loyiha qiymati 21 mlrd soʻm boʻlgan, Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun qurilayotgan 1 000 oʻrinli yangi bino qurilish jarayonlari bilan tanishishdi.
Viloyat hokimi va vazir qurilish ishlarining borishi va kelgusida binoni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.
Shundan soʻng, ushbu mahalla hududida 3 gektar maydonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasi qurilishiga start berildi. Zona tashkil etilishi belgilangan 3 gektar maydon 14 ta lotga boʻlingan boʻlib, hozirda lotlarni auksion savdolariga chiqarilgan. Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasida umumiy qiymati 63,1 mlrd soʻmlik, ishlab chiqarish quvvati 54,2 mlrd soʻmlik loyihalar amalga oshirilishi va 140 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish belgilangan.