Agar talaba shartnoma pulini to‘lashga qiynalsa, Oliy ta’lim muassasasi tomonidan imtiyoz beriladimi?
19-aprel 09:38

To‘lov-kontrakt asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga oliy ta’lim muassasasi tomonidan to‘lov shartlarini yengillashtirish bo‘yicha imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.
Hozirgi kunda talabalarni to‘lov – kontrakt asosida o‘qishini moliyalashtirishning maqbul yo‘llaridan biri ta’lim krediti hisoblanadi. Bank muassasalari tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga ajratilayotgan ta’lim krediti bo‘yicha kam ta’minlanganlar uchun qator imtiyozlar mavjud:
- Chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda I va II guruh nogironlari uchun – foizsiz ta’lim krediti beriladi;
- Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan to‘lanishi belgilangan;
- fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga (o‘zining o‘qishi yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summasiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi. Shu bilan birga, homiylik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarga ham murojaat qilish mumkin
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar kontraktini to‘laganda 12% pul qaytarib beriladimi?
04-sentabr 17:18
Kontraktni bo‘lib to‘lash muddatlari
26-avgust 14:40
Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin
25-avgust 11:41