Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanlovi

"Registon" o’quv markazining maqsadlari: 2025-yilgacha butun Respublikaning tuman va shaharlarida 200dan oshiq filiallariga ega o'quv markaz tizimini yaratish.– Registon ta'lim loyihasi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi − jamiyatda kitob va kitobxonlikning nufuzini oshirish, kitobni ma’naviy meros sifatida asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyihalarni aniqlash va ommalashtirish.
Tanlovda turli vazirlik va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, doktorantlar, magistrantlar va oliy o‘quv yurtlari talabalari, fuqarolarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga ariza va materiallarni qabul qilish muddati 2021-yilning 1- noyabrgacha.
Uslubiy ishlanma/loyihalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha baholanadi:
- “Interfaol kitob”,
- “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari”.
Tanlovga topshirilgan materiallar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar “INFOLIB Uzbekistan – 2021” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taqdirlanadi.
Arizalar info@natlib.uz elektron pochta manziliga “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanloviga mavzusi bilan yuborilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallar tahrir qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Ma’lumot uchun telefonlar: (99871) 232-83-90; 239-41-18.