Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

11-sentabr 11:46
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Joriy yilning 22-avgustidan boshlab, OTMlarga kirish va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya shikoyatlari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentyabr kuni to‘liq yakunlandi.

Apellatsiya komissiyasi tomonidan jami 4 055 nafar abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi. Ularning 831 nafari (20,5%) jarayonda bevosita ishtirok etdi, qolgan 3 224 nafari esa jarayonda ishtirok etmadi.

Joriy yilda ilk marta Nukus shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga muvofiq, Apellatsiya komissiyasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.