Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Apple Entrepreneur Camp for Female Founders: Ayol biznesmenlar uchun Apple kompaniyasi bilan birga ishlash imkoniyati

2.11.2021 23:41
Apple Entrepreneur Camp for Female Founders: Ayol biznesmenlar uchun Apple kompaniyasi bilan birga ishlash imkoniyati

Muddati:

28.11.2021

Rasmiy havola:

developer.apple.com

Grant turi:

Konferensiya

Umumiy ma’lumotlar:

Apple Entrepreneur Camp for Female Founders: Ayol biznessmenlar uchun Apple kompaniyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqish hamda o‘z biznesslarini rivojlantirish istiqbollari haqida gaplashib olish imkoniyati.

Ushbu onlayn dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan qatnashchilar quyidagilarga bepul ega bo‘lishadi:

  • Apple kompaniyasi muhandislari tomonidan yuzma yuz sizning yaratgan progammangiz uchun o‘z tavsiyalarni olish imkoniyati;
  • Kamida 1 yil muddat davomida Apple kompaniyasi boshqaruvchilari tomonidan ko‘mak olish imkoniyati;
  • "Apple Developer " dasturiga 1 yillik brpul a’zo bo‘lish imkoniyati;
  • Shuningdek " Apple Entrepreneur Camp" dagi o‘ziga ishongan yetakchilar bilan fikr almashish hamda ilm o‘rganish imkoniyati;

Eslatma : Barchasi onlayn bo‘lib o‘tadi;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar (Arizalar dastur yaratgan nomzod tomonidan 3tagacha nomzod bilan 1 ta guruh bo‘lib qatnashishlari mumkin). Sizning tashkilotingizda quyidagilar bo‘lishi kerak;

  • Tashkilotda ayol boshqaruvchi bo‘lishi kerak;
  • Swift hamda Objective-C dasturlari bo‘yicha ayol mutaxasis;
  • Tayyor siz yaratgan programma yoki tayyorlayotgan programmangiz bo‘lishi kerak;
  • Barcha guruh a’zolari 18 yoshdan yuqori bo‘lishi hamda ingliz tilida yaxshi gaplasha olish mahoratlariga ega bo‘lsishi kerak;

Dasturga qabul jarayoni 4 bosqichdan iborat:

  • Tashkilot haqida uning a’zolari haqida batafsil ma’lumot;
  • Sizning tayyorlagan dasturinggiz yoki tayyorlayotgan dasturinggizning linki hamda 3-4 ta rasmlari ham yuklanishi kerak;
  • "Apple Entrepreneur Camp" da nima sababdan qatnashmoqchi ekanligingizni hamda kelajakdagi rejalaringizni bayon qilib berishingiz kerak;
  • Siz tayyorlagan hujjatlaringiz 1 yilgacha saqlab turiladi;

Sizning arizalaringiz quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:

  • Siz to‘ldirgan onlayn arizadagi bergan javoblaringiz orqali;
  • So‘nggi apple texnologiyalari orqali yaratgan apple platformasi uchun rivojlanish strategiyasi orqali;
  • Sizning yaratgan dasturingiz yagona kreativ ekanligi bo‘yicha baholanadi;

Ushbu dasturga ariza topshirishdan oldin batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.