Grantlar

AQSH: Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

AQSH davlatining Missuri universiteti tomonidan universitetning bakalavr va magistratura boqichi dasturlarida o‘qish niyatida bo‘lgan xalqaro talabalar uchun qisman grantlar taklif etilmoqda

1 106 ko'rish

AQSH: Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan  grant dasturi

Universitet va gant dasturi haqida:

Missuri universiteti 1839-yilda tashkil etilgan mahalliy universitetlardan bir hisoblanadi. Talabalar turar joyi 23 ta maxsus bino va kamida ikkita boshqa shahar tashqarisidagi rezidensiyalarni o‘z ichiga oladi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavr va magistratura bosqichi dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat va magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant dasturiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar orasidan g‘oliblar avtomatik ajratib olinadi.

Kerakli hujjatlar:

Talabalar universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • Rezyume;
  • O‘rta maktab/universitet diplomi va tarjimalari;
  • Tavsiyanoma xatlari;
  • Pasport biografik sahifasining nusxasi;
  • Moliyaviy hisobot.

Asosiy talab:

O‘quv dasturlaridan biriga qabul qilinishlari uchun nomzodlar 1260 SAT yoki 27 ACTga ega bo‘lishlari kerak.

Til talabi:

  • IELTS - 6.5

Dasturning manfaatli tomonlari:

Missuri universiteti muvaffaqiyat qozongan nomzodlarga 5000 AQSh dollari miqdorida mukofot ajratadi.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish