Avstraliyaning Edith Cowan universitetida o‘qish uchun to‘liq grant. Yiliga $29.000 stipendiya
22.09.2021 17:04

SAT'ni videodarslar orqali Professioanl ustozlardan BEPUL o'rganing– Registon o‘quv markazi
ECU (Edith Cowan University) PhD bosqichini ushbu oliygohda davom ettirish va tadqiqot olib borish niyatida bolgan barchaga to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturini taqdim etadi. Dasturga qabul qilinganlar o‘quv yili davomida kontrakt to‘lovidan ozod etiladi va yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Dastur tanlangan yo‘nalishga qarab 3 yilgacha davom etadi. Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 20-sentyabrdan boshlab ariza topshirishlari mumkin.
Foydali tomonlari:
- O‘qish kontraktidan ozod etiladi;
- Yillik $29.000 stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Safar va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi.
Talablar:
- Nomzodlar magistratura bosqichini tamomlagan bo‘lishi;
- ECU ning doktorantura bosqichiga qabul qilinishi;
Dasturga qabul qilinish shartlari bilan batafsil SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Dasturda qatnashish uchun SHU YERDAN ro‘yxatdan o‘tiladi.
Qo‘shimcha murojaatlar uchun onlayn savol yuborishingiz mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bilkent University Scholarships 2022: Bakalavriat bosqichida o‘qish uchun to‘liq qoplaydigan grant dasturi
20.05.2022 11:38
Avstraliyadagi Flinders universitetida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyati
17.04.2022 21:58
Vice-Chancellor’s International High Achievers Scholarships (VCIHAS)
06.04.2022 12:32