Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti

2025/2026 va kelgusi yillarda bakalavriat kunduzgi ta’lim uchun ajratilgan davlat granti parametrlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli uchun 2025-yildan boshlab to‘rt yil davomida ajratiladigan davlat granti (buyurtma) kvotalari tasdiqlandi. Batafsil pdf da:
2025/2026-o‘quv yili uchun — 35 500 ta grant
Yangi o‘quv yilida talabalarni o‘qishga qabul qilish uchun davlat tomonidan 35 500 ta grant o‘rni ajratiladi. Bu raqam 2024-yildagiga nisbatan barqaror holatda saqlanmoqda.
2026/2027-o‘quv yili uchun — 36 023 ta grant
Keyingi yilda kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratiladigan grantlar soni biroz oshadi. Bu yilda 36 023 nafar abituriyent davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2027/2028-o‘quv yili uchun — 36 460 ta grant
Bu yilga kelib, kvota yana oshadi va 36 460 ta davlat granti mavjud bo‘ladi. Bu davlat tomonidan ta’limga e’tiborning oshayotganidan dalolat beradi.
2028/2029-o‘quv yili uchun — 36 761 ta grant
To‘rtinchi yilda esa davlat granti soni 36 761 taga yetkaziladi. Bu orqali har yili bosqichma-bosqich grant o‘rinlari ko‘paytirilib borilmoqda.
Xulosa
2025/2026-yildan 2028/2029-yilgacha kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bo‘yicha ajratiladigan davlat granti o‘rinlari bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi. Bu esa ko‘proq yoshlarga bepul ta’lim olish imkoniyatini beradi. Har bir abituriyent bu imkoniyatdan oqilona foydalanishi zarur.