Abituriyent

Bakalavriat va magistratura qabuli uchun kvotalar tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura dasturlariga belgilangan davlat grantlari va qabul kvotalari tasdiqlandi

11 847 ko'rish

Bakalavriat va magistratura qabuli uchun kvotalar tasdiqlandi

Bakalavriat va magistratura qabuli uchun kvotalar tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:

bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:

  • umumiy qabul parametrlarini;
  • qoʻshimcha qabul parametrlarini;
  • oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
  • maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
  • umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlari tasdiqlanishi belgilandi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat grant

Magistratura uchun davlat granti

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish