Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bali xalqaro talabalar festivali 2021 (BISF)

28.06.2021 03:05
Bali xalqaro talabalar festivali 2021 (BISF)

Muddati:

01.07.2021

Davlat:

Indoneziya

Grant turi:

Konferensiya

Dastur haqida qisqacha:

Bali Xalqaro talabalar festivali 2021 - bu "Post-Pandemic World" yani pandemiya davridagi hayot tarzi va u sabab ta’lim tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda yangi panellarni muhokama qilishga bag‘ishlangan onlayn konferensiya. Konferensiyada har birimizning global jamiyatdagi o‘rnimiz va ta’sirimiz ahamiyati muhokama qilinadi.

Qatnashuvchilar uchun qo‘yilgan talablar:

Dastur qatnashuvchilari:

  • Kamida 18 yoshda bo‘lishi;
  • Talaba bo‘lishi (o‘qishni tamomlagan yoki yosh faollar ham qatnashishlari mumkin);
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  • Olingan tajribalardan ijobiy foydalanishga intilishi lozim.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Dastur qatnashchilarga:

  • Bali va Indoneziya madaniyatini kashf etish;
  • Xalqaro anjumanda o‘z taqdimoti yoki g‘oyasini ommaga taqdim etish;
  • Qatnishganlik sertifikatini qo‘lga kiritish kabi bir qator imkoniyatlarni yaratib beradi.

Dasturning asosiy talabi:

Nomzodlar "Post-Pandemic World" dek katta mavzu borasida hamda dasturga qatnashish uchun ularni undaydigan jamiyatdagi o‘rinlarini borasida motivatsiya xati yozishlari kerak.

Nomzodlarni tanlab olish uchun qo‘yilgan talablar:

  • Nomzodlar @bisf2021 va @indonesiayouthfoundation instagram sahifalariga a’zo bo‘lishlari kerak;
  • BISF 2021 rasmiy posterini o‘z sahifalarida e’lon qilishlari kerak;
  • 300-400 so‘zlik motivatsiya xatlarini taqdim etishlari kerak (ingliz tilida);
  • O‘z rezyumelarini (CV) taqdim etishlari kerak (ingliz tilida)

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar BU YERDAN onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Dastur 15-18-iyul kunlari onlayn tarzda tashkil etiladi.

Batafsil bu yerda