Prezident qarori: Barcha oliy o‘quv yurtlari yozgacha onlayn formatga o‘tkazildi

11.02.2023 18:11
Prezident qarori: Barcha oliy o‘quv yurtlari yozgacha onlayn formatga o‘tkazildi
Registon o'quv markazi tez orada butun Respublika bo'ylab faoliyat ko'rsatishni boshlaydi
– Registon o‘quv markazi

Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘an Turkiya oliy o‘quv yurtlari yozga qadar ta’limni onlayn ravishda davom ettirishini e’lon qildi.

«Barcha yotoqxonalar zilzilada boshpanasiz qolganlar uchun beriladi», – deydi Turkiya prezidenti.

Erdog‘an o‘z chiqishida Qahramonmarashdagi zilzila kuchi haqida to‘xtalib, uning kuchi 1999-yilgi zilziladan 3 barobar kattaroq va 3 barobar ko‘p vayronagarchilik keltirib chiqarganini aytadi.

«Asrning falokati deb ta’riflanayotgan bu zilzila deyarli ming kilometrlik hududda sezilgan bo‘lsa-da, 500 kilometrlik maydonda vayronagarchilikka olib keldi. Afsuski, shu paytgacha zilzila oqibatida 21 ming 43 kishining hayotdan ko‘z yumdi, 80 ming 97 kishi esa tan jarohati olgan», – dedi Turkiya prezidenti.