Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlash mumkinmi?

19-avgust 17:34
Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlash mumkinmi?

Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlash mumkinmi?

JAVOB: Yo‘q, beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlab o‘qish mumkin emas.

Ko‘pchilik abituriyentlar testdan keyin beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylashadi. Bu noto‘g‘ri fikr. Abituriyentlar testdan so‘ng yo‘nalish tanlashda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan va ustuvorlikni belgilab qo‘yishgan.

Endi, yakuniy javoblar chiqqandan so‘ng, abituriyentlar o‘z tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlash, qaysi yo‘nalishga kirganingizni o‘zgartira olmaydi.

Mandat natijalarini ko‘rib, mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko‘k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘lasiz. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo‘nalishlar ketma-ketligida yuqoriga chiqish yoki pastga tushish imkoni yo‘q.

Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz. Yo‘nalish tanlovini amalga oshirganingizda, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollar foyda bermaydi.