Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga fanlarni tanlab o‘qish imkoniyati yaratiladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;
- 5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
- 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
Qayd etilishicha, buning natijasida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari asosida o‘quvchini mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga e’tibor beriladi.
10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.