Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonlarida kamida 46 ball (C daraja) olgan holda ustama olishlari mumkin. Sertifikat darajalari va fanlar bo‘yicha qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot...

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan holda ustama olishlari mumkin. Ya’ni, ular kamida 46 ball yoki undan yuqori ball to‘plashlari kerak.
Rash modeliga ko‘ra milliy sertifikat darajalari quyidagicha:
- 70 balldan yuqori ball olganlarga — A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball olganlarga — A daraja;
- 60 — 64,9 ball olganlarga — B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball olganlarga — B daraja;
- 50 — 54,9 ball olganlarga — C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball olganlarga — C daraja.
Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan olingan sertifikatlari aynan shu fanlar bo‘yicha dars soatlari uchun amal qiladi.





