Bu yil imtihon bo‘lmaydimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini pandemiya sharoitida o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalmoqda. Davlat test markazi huddi shu vaziyatda rasmiy bayonot bilan chidi:
Hozirda kunda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sovutish va ventilatsiya tizimlari bilan ta’minlangan bo‘lib, binolarda abituriyentlarning ijtimoiy masofa saqlashlari uchun har bir abituriyentga 3 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan joy ajratilmoqda va binolarning holati bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligidan tegishli xulosalar olinmoqda.
Umuman olganda, test sinovlarini sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Respublika maxsus komissiyasi bilan kelishilgan holda, ularning tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda.
Endi ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim fikrlarga e’tibor qaratsak.
Test sinovlarining boshlanish kuni Davlat test markazi tomonidan belgilanmaydi, balki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Qo‘shni davlatlarda test sinovlari o‘tkazilayotganida xavf kamroq, bizda esa ko‘proq deyishga esa hech qanday dalil mavjud emas.
Test sinovlarini maktablarda tashkillashtirish tizimiga qaytish noto‘g‘ri bo‘lishini barchamiz bilib turibmiz. Ba’zi bir shu yo‘l bilan abituriyentlarga “yordam” bermoqchi bo‘lgan “ustoz”larga, albatta, orqaga qaytish juda ham qo‘l keladi va shu fikrni dunyodagi pandemiya holatini niqob qilib olish orqali yoshlarning miyasiga quyish bilan ovora.
Onlayn test sinovlariga keladigan bo‘lsak, dunyoda hech bir davlat bunday katta miqdordagi abituriyentlar uchun onlayn test o‘tkazmaydi, buning iloji ham yo‘q. Bu bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan barcha xalqaro hamkorlarimiz bilan aloqa qilingan va hech birida onlayn test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilmagani aytilgan.
Hattoki “Onlayn proktoring” (test sinovlarini uyda topshirish va onlayn ularni nazorat qilish) tizimidan foydalanayotgan tashkilotlar ham uning xavfsizligi, qanday yo‘llar bilan aldash mumkinligi hali to‘liq o‘rganilmaganligini ta’kidlab o‘tishgan. Pandemiya o‘tib ketgandan keyin bu tizimdan voz kechish rejasi yo‘q emasligini ham aytib o‘tishgan.
Hozirgi kunda hech kim to‘liq bu infeksiyadan o‘zimni asray olaman deya olmasligini yaxshi bilamiz.
Shuning uchun Davlat test markazi tomonidan rejalashtirilgan test sinovlari nafaqat adolatli va shaffof o‘tishini, balki abituriyentlarning sog‘lig‘i ham birinchi o‘rinda turishini ma’lum qilamiz va buni imkoni boricha ta’minlashga harakat qilamiz.