Abituriyent

Bu yilgi abituriyentlardan 53 mlrddan oshiq pul yig‘ildi!

 Qabul-2024’ga bogʼliq faktlar: qancha odamga testga kirishga ruxsat berilgani, qancha mablag‘ yig‘ilganligi, qaysi hudud peshqadamligi va boshqalar

3 484 ko'rish

Bu yilgi abituriyentlardan 53 mlrddan oshiq  pul yig‘ildi!

Rasman: 805.687 nafar abiturientning testga kirishiga ruxsat berildi

Qabul-2024ga bogʼliq faktlar:

Toʼlov qilmaganlar ayirib tashlandi

  • Roʼyxatdan oʼtish talablarini toʼliq bajargan 805 687 nafar abiturientga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi

Аyollar oʼqishga koʼproq qiziqmoqda

  • Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abiturientlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

53 mlrd 816 mln soʼm yigʼildi!

  • Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abiturient test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan toʼlovdan ozod etilgan.

Samarqandliklar yetakchi

  • Joriy yilda doimiy yashash hududi boʼyicha eng koʼp Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Fargʼona viloyatida 79 808 nafar abiturient roʼyxatdan oʼtgan

2.569 sertifikat soxta ekan

  • Roʼyxatdan oʼtishda 22 632 nafar abiturient chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan boʼlib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish