Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant

26.03.2021 19:00
Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant

Muddati:

30.04.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.leeds.ac.uk

Grant turi:

Magistratura

Grant dasturi borasida qisqacha:

Dean’s International Excellence Scholarship grant dasturi 2021/22 - o‘quv yillarida Lids universiteti biznes maktabi taklif etadigan magistratura kurslaridan birida o‘qishni istagan a’lochi xalqaro talabalardan bir nafariga taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Dean’s International Excellence Scholarship grant dasturi g‘olibining magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘lov puli to‘liq qoplab beriladi.

Grant uchun ariza berish jarayoni:

Dastlab nomzodlar Lids universiteti biznes maktabi tomonidan taklif etilayotgan magistratura dasturlaridan biriga bu yerdan ariza topshirishlari va shartli yoki shartsiz ravishda qabul qilinganlik xatini olishlari kerak. Shundan so‘ng, nomzodlar grant uchun bu yerdan onlayn ariza to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talab:

  • Ushbu grantni olish huquqiga ega bo‘lish uchun nomzodlar nima uchun ushbu grant uchun eng munosib nomzod ekanliklarini ta’kidlab, 750 so‘zgacha qamrovda bo‘lgan insho yozishlari kerak. Insholar ham onlayn ariza shakliga qo‘shib yuborilish kerakligi uchun ham, uni avval DOC/DOCX shaklda yozib olib, so‘ngra nusxasini arizadagi maxsus bo‘sh joyga ko‘chirish maslahat beriladi.

Tugash muddati:

  • 2021-yil 30-aprel

Batafsil rasmiy saytda