Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Cambridge o‘quv markazi 400 million so‘mlik «Sergelida ilm o‘chog‘i» ta’lim grantini e’lon qiladi

31.10.2021 23:49
Cambridge o‘quv markazi 400 million so‘mlik «Sergelida ilm o‘chog‘i» ta’lim grantini e’lon qiladi

Muddati:

01.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

Cambridge o‘quv markazi 400 million so‘mlik «Sergelida ilm o‘chog‘i» ta’lim grantini e’lon qiladi

Cambridge o‘quv markaziningSergelida yangi filiali ochilish munosabati bilan, Sergelida doimiy yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi bor yoshlar uchun 50 ta grant e’lon qilamiz.

Ushbu grant orqali 50 nafar o‘quvchilar, 1 yil davomida "Cambridge" o‘quv markazimida ingliz tilini bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Grantda ishtirok etish uchun anketani to‘ldirgan holda, o‘zingiz haqingizda motivatsion xat yozib bu yerda qoldirishingiz lozim.

Grant 2 qismdan iborat bo‘ladi:
1-qism - Anketa. Barcha ishtirokchilar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni kiritib, bizga motivatsion xat jo‘natishlari kerak.
2-qism - Suhbat. Anketalardan eng yaxshilari tanlab olinib suhbatga chaqiriladi va ular orasidan 50 nafari g‘olib sifatida tanlanadi.

Grantning muhim sanalari:
1. Anketalar 24-oktyabrdan 1-noyabr gacha qabul qilinadi.
2. Anketalar 1-noyabrdan 7-noyabr gacha tahlil qilinadi
3. Suhbat jarayonlari 8-noyabrdan 18-noyabr gacha bo‘lib o‘tadi
4. Kurslar 22-noyabrdan boshlanadi.

Eslatma: Loyihada ishtirok etish uchun Sergeli tumanida doimiy istiqomat qilgan bo‘lishi shart.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan Cambridge o‘quv markazining rasmiy telegram kanalidan olishingiz mumkin.