Chekka va togʻli hududlar uchun “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi.
Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta togʻli va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar. Mazkur maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qoʻshimcha taʼlim oladi.
Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va togʻli joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar bersa, Respublikaning boshqa togʻli va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalarida ham joriy etilishi mumkin.